Huawei 1
Rossiyalik jurnalist va uning ikki hamrohi Toshkentdagi mehmonxonada sirli tarzda vafot etdi

O‘zbekistonga taʼtilni o‘tkazish uchun kelgan jurnalist Inessa Papernaya va uning ikki hamrohi mehmonxonadan jonsiz holda topilgan.

Fojia 20-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mehmonxonaga Inessa nomiga jo‘natma keladi. Xodimlar Papernaya va uning hamrohi bilan bog‘lana olishmaydi. Xona eshigi buzib kirilganda, ularni jonsiz holda topishadi.

Taxminlardan biriga ko‘ra, ulra mehmonxona hovuzini tozalashdan keyin yuzaga kelgan botqoq gazidan bo‘g‘ilib qolishgan. Gaz ventilyatsiya tizimi orqali xonaga ko‘tarilgan. Boshqa mehmonlarning ahvoli hozircha nomaʼlum.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchilar o‘limining aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты