Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Osakadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilonida bo’ldi

Osakadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasida “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” deb nomlangan O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlarning e’tiborini tortishga ulgurdi. Saida Mirziyoyeva Osakadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilonida bo’ldi.

"Ushbu loyiha menga juda qadrli, chunki konsepsiyani ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridanoq unda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men O‘zbekistonda kechayotgan chuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va an’analar o‘rtasidagi uyg‘unlikni, kelajakka intilish va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvchi makon yaratish g‘oyasini taklif qilgandim.

Ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlandi. Aynan shular pavilonning me’moriy va mazmuniy asosini tashkil etdi.

Pavilon jamiyatimiz kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilma-xilligidir. O‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, dunyo O‘zbekistonning bugunini chuqurroq anglashiga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlarimizga ko‘rsatgan yordami va ishonchi uchun minnatdorlik bildiraman. Birgalikdagi madaniy tashabbuslar va o‘zaro muloqot yurtimiz uchun yangi imkoniyatlar va e’tirof olib kelishiga ishonaman", dedi prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51901 | Инструменты