O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
«Aziz yurtdoshlar, hurmatli dindoshlar! Sizni kirib kelgan Ramazoni sharif bilan samimiy muborakbod etaman! Alloh bu muborak oyni aziz Vatanimiz uchun, butun dunyo musulmonlari uchun tinchlik-xotirjamlik, ahillik va baraka oyi qilsin. Ramazon muborak!» – deb yozdi prezident yordamchisi.
Avvalroq “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30114 | Инструменты