Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bilan uchrashdi

Joriy yilning 29-may kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiyaga tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Madaniyat, ta’lim va tarixiy merosni saqlash sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. 

"Yangi Quddus" muzeyida o‘zbek san’ati ko‘rgazmasining ochilishi va O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlarining o‘tkazilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro qiziqishning yorqin namunasidir", deydi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53101 | Инструменты