Joriy yilning avgust oyida “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev sud hukmi bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sudlanuvchi tomoni sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati kiritdi va 27 noyabr kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.
“Ajrimdan norozi taraflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 510-moddasiga asosan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga hukm chiqargan sud orqali taftish tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga haqlidirlar”, deyiladi sud ajrimida.
Ma’lumot uchun, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 5 avgustdagi hukmi bilan Saidaziz Saidaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan va jazoni (20 yil qamoq) umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan:
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты