Huawei 1
Samaradorlik ko'rsatkichlari “qoniqarsiz” bo'lganlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko'rib chiqiladi

Farmonga ko'ra, samaradorlik ko'rsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish maqsadida:

- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o'rinbosarlarini rag'batlantirish to'lovlari miqdori ularning samaradorlik ko'rsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;

- chorak yakuni bo'yicha samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga rag'batlantirish to'lovlari kelgusi 3 oy uchun to'xtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta'sir choralarini qo'llash masalasi ko'rib chiqiladi;

Bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik ko'rsatkichlari asoslantirilgan sabablarga ko'ra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno

- yil yakuni bo'yicha samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko'rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61002 | Инструменты