Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida universitetning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan universitet mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122601 | Инструменты