Joriy yilning 29-iyun kuni Samarqand shahrida sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan onlayn tarzda shug‘illanuvchi guruh a’zolaridan biri ushlandi.
Shaharning katta inspektori mayor Mansur Saidmurodov o‘zining ma’muriy hududida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida, Sug‘diyona mahallasida yurgan shaxs shubhali ko’ringani uchun IIB binosiga olib kelingan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs uylarga qizil rangli bo‘yoq bilan sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘illanuvchi sayt nomini yozayotgan bo’lgan.
Gumonlanuvchining shaxsiga oydinlik kiritilganida, Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan D.A. ekanligi aniqlangan. Uning yonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘illanuvchi saytning aniq manzillari yozilgan varag’i va ushbu vositalar uchun qilingan to‘lovlar chiqqan.
Tezkor surishtiruv ishlar natijasida, Toshkent shahrida yashovchi shaxslar jami 4 kishi bo‘lib, 2022-yil 16-iyun kuni Samarqand shahriga o'zlarining noqonuniy sayt nomini tarqatish kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu guruhning qolgan a’zolarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82415 | Инструменты