Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilari amalga oshirayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davomida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan bir qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
Jumladan, ushbu davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning bir qator talablariga amal qilinmagan.
Xususan, ushbu xaridlarda ishtirok etgan talabgorlarning hujjatlari xarid komissiyasi aʼzolari foydalangan qurilmalar (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan hamda ayrim ishtirokchilarning takliflari xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlariga zid ravishda baholangan.
“Mazkur holatlar bo‘yicha agentlik tomonidan xarid komissiyalarining bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga taqdimnomalar kiritilib, qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50719 | Инструменты