Huawei 1
Samarqand va Urgut "tumangaz” mas'ul xodimlari suyultirilgan gazni sotishdan tushgan pullarni "yeb yubordi"

Samarqand viloyatida suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Prokuratura departamenti ma'lumotiga ko'ra, “Samarqandtumangaz” bo‘limi SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari 221 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan terovga qadar tekshiruvda ham mana shunday holat aniqlandi.

Xususan, “Urguttumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boshlig‘i U.B. va boshqalar 115,9 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 

O'zbekistonning 3 ta viloyatida noqonuniy ravishda 5,3 mlrd so'mlik tabiiy gazni o'g'irlab, tadbirkorlik qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda noqonuniy neft savdosi bilan shug‘ullangan 2 nafar fuqaro ushlandi

“Hududgaztaʼminot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111619 | Инструменты