Huawei 1
Samarqandda 621,8 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan nonvoyxona aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Yu.M.A” MCHJ rahbari M.Yu. nonvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab, jami 621,8 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112018 | Инструменты