Huawei 1
Namanganda chiqindi tashish xizmati uchun aholidan 18 mlrd so‘mdan ortiq pul asossiz olingani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmati bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.

Qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat olib boruvchi “Namangan musaffo iqlim” MCHJ va “Toza hudud” DUKlarning 2024 yilning I-yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Olib borilgan o‘rganishlarda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan viloyatning 10 ta hududida joylashgan MFYdagi 1,1 mlndan ortiq isteʼmolchilarga 18 mlrd so‘mdan ortiq ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (“Namangan musaffo iqlim” MCHJ va “Toza hudud” DUK) nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilib, ortiqcha hisoblangan 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryodagi "Toza hudud" korxonasi iste’molchilariga 3,2 mlrd so‘m pullarini qaytarib bergani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21215 | Инструменты