O‘zbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi eʼlon qilgan jamoaviy reyting jadvalida 11-o‘rinda qayd etildi.
2024-yil davomida o‘tkazilgan fijital sport musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi o‘z ballarini orttirib, xalqaro maydonda raqobatbardoshligini namoyish etdi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha fijital-futbolda 12-o‘rin, fijital-basketbolda 9-o‘rin, fijital raqsda 8-o‘rin qo‘lga kiritildi.
Xalqaro reyting nizomiga ko‘ra, 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan milliy jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Kelajak o‘yinlari – 2025" xalqaro musobaqalarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lsa, 3-26-o‘rinlardan joy olgan milliy jamoalar xalqaro kvalifikatsiya o‘yinlarida ishtirok etadi.
Aytish lozim, 2025 yil davomida yurtimizda fijital sport turlarining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari, kubok musobaqalari, shuningdek, 4 ta respublika turniri tashkil etilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты