Samarqand viloyatida chinor kesgan fuqaro tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko‘p yillik o‘sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R. tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlangan.
Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda daraxt kesgan fuqaro 75 mln so‘m jarima to'lagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42612 | Инструменты