Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2022-yil avgust oyida Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilib, unda xolasi 59 yoshli B.l. o‘zini diniy tabib ekanligi, onasi 67 yoshli B.g.ni davolash kerakligini aytib, ishonchiga kirgan. Hamda uni davolash uchun diniy tomondan zakot sifatida qiymati 200 ming AQSH dollari bo‘lgan uyni o‘tkazib berishni aytib, ushbu uyni o‘zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olgani maʼlum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82410 | Инструменты