Huawei 1
Samarqandda kitobni "uloqtirib" tarqatgan o'qituvchi va maktab direktori ishdan haydaldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘pol ravishda "otib" maktab darsliklari tarqatilganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Holatni o‘rganish bo‘yicha Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilariga sinf rahbari Gʻofforova Shohida sinf o‘quvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi "tasdiqlandi".

Ushbu holat tufayli sinf rahbari Gʻofforova Shohida ishdan bo'shatildi. 

Shuningdek, maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmay, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli maktab direktori E.Hamrayev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani ma'lum qilindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53101 | Инструменты