“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ochilish marosimida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev, Yoshlar masalalari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, "Zamin" xalqaro jamoat fondi ijroiya organi rahbarining birinchi oʻrinbosari Abduqahhor Abdug‘aniyev ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning 60 dan ortiq ekofaol yetakchilari uchun seminar va uchrashuvlar o’tkazilib, Markaziy Osiyo strategiyasi hamda “Yoʻl xaritasi” boʻyicha muhokamalar tashkil qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты