Samarqandda “moykachi” yigit 50 ming dollar turadigan mashinani boshqarib YTH sodir etdi

"Samarqandda moykachi bola 50 ming dollar atrofida turadigan mashinani o‘zboshimchalik bilan haydab shu ahvolga solibdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB rasmiy ma'lumot berdi.  

Ma'lum qilinishicha, 2024-yil 20-iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida "KIA BONGO lll", "Lacetti" va "ZEEKR 001 MR7001BEV18" rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar mavjud emas.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70100 | Инструменты