Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 26-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchiga qo‘l ko‘targani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sh. 8-"A" sinfga 2-soatda tarbiya fanidan darsi o‘tish jarayonida o‘quvchi X.A.ning daftari yo‘qligi uchun ziddiyat kelib chiqqani aniqlangan.
O‘qituvchi M.Sh. ushbu harakatlari bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi va 21-moddasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 31 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 282-sonli buyrug‘ining 2-bob 13-bandini qo‘pol ravishda buzgani uchun unga nisbatan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121703 | Инструменты