2024-yil 1-avgust kuni soat 12:50 lar atrofida Samarqand tumani hududidan oʻtuvchi A-378 avtomobil yoʻlining 12-km.da Qashqadaryo- Samarqand yoʻnalishda "Isuzu" rusumli yuk transport vositasi, "Damas" va "Hyundai Sonata" rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Oqibatda "Damas" rusumli transport vositasi haydovchisi va yoʻlovchisi, "Hyundai Sonata" shuningdek yuk transport vositalari haydovchilari tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты