Huawei 2
Samarqanddagi noturar joyda yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yong‘in sodir bo‘lgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 24-aprel kuni tungi soat taxminan 2:23 atrofida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani "Ulug‘bek" MFY Uvaysiy ko‘chasida joylashgan fuqaro O‘.A.ga tegishli vaqtincha foydalanilmayotgan noturar binoda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVB ga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea  joyiga soat 02:42 yetib borib, soat 03:56 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning 50 kv.m maydonida ichki qismi va bino oldida bo‘lgan Damas avtomashinasi yonib zararlangan va taxminan 50 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga