Samarqandga SHHT davlatlaridan 30 ta avtomobilda avtosayyohlar keldi

ShHTga aʼzo davlatlardan yig‘ilgan havaskor va ko‘ngilli avtosayyohlar O’zbekistongakeldi.Ularning maqsad – “ShHTga aʼzo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi hamda XV xalqaro “off road” festivalida ishtirok etishdir.

Ma'lum qilinishicha, 14-avgust kuni  Belorussiya, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va MDHga a’zo davlatlardan Ozarbayjon, Gruziyadan 30 ta avtomobildan iborat avtokarvon Samarqand shahriga yetib keldi. Sayyohlar uchun Samarqandda press-konferensiya hamda tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Qayd etilishicha, xalqaro “off-road” festivali – djip turizm ixlosmandlari tashabbusi bilan 2006-yildan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur festival dunyoning turli o‘lkalarida, xususan, MDHga aʼzo davlatlarda o'tkazilib kelingan. Bu yilgi festivalga O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining ShHT sammitini yuqori saviyada oʻtkazishga doir topshirigʻiga muvofiq Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan Samarqand shahrida musavvirlar uchun plenerning ikkinchi bosqichiga start berildi.  Hamda xorijlik haykaltaroshlar ishtirokida "Samarqand-2022” Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi ham boshlandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali sentabr oyida Samarqandda ShHT sammitini o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, Toshkentda SHHT davlatlarining  iqtisodiy forumi bo'lib o'tishi haqida ham xabar bergandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121106 | Инструменты