Sariosiyoda onasidan ajralib qolgan noyob qo'ng'ir ayiq bolasi topildi

2023-yilning 24-yanvar kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan “Uzun” davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidan ushbu xoʻjalik xodimlari tomonidan yolgʻiz yurgan bir bosh ayiq bolasi topildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-shan qoʻngʻir ayiq turiga mansub boʻlgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishdan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.

Ta'kidlanishicha, qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud boʻlishi hamda brakonyerlar tomonidan ovlanishi ehtimoli yuqori. Shu bois, vazirlik tomonidan ayiq bolasi veterinariya koʻrigidan oʻtkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bogʻi qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda.

Vazirlik hamda bogʻ mutaxassislari bahor fasli boshida ushbu ayiq bolasini “Uzun” davlat oʻrmon xoʻjaligidagi tabiat bagʻriga qoʻyib yuborishni rejalashtirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10509 | Инструменты