Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
"1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida burg‘ilash ishlari olib borish jarayonida texnologik jarayon oqibatida oltingugurt yaʼni vodorod sulfid chiqishi kuzatildi. Bugungi kunda jamoatchilikni diqqat markazida bo‘lib turgan masala. Hammamiz buni eshitdik», — dedi u.
"Shu munosabat bilan, vafot etgan fuqarolarimiz bor, yaqinlariga sabr tilaymiz. Oilalari davlatimiz, prezidentimiz nazoratida, buni hamma eshitdi. Ularni taʼminoti masalasida alohida topshiriq ham bo‘lgan, [ular] tashlab qo‘yilmaydi. Biz ham hamdardligimizni bildiramiz", — dedi Senat raisi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11515 | Инструменты