Huawei 1
O'zbekistonning 3 hududida qo‘lbola alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. “Jayhun” MFY hududidagi “E.” savdo do‘konida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turli nomdagi jami 279 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanidagi “D.” MCHJ rahbari D.T. xaridorga 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 233 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu xonadondan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты