Huawei 1
Senatning 57-yalpi majlisi 20-sentabr kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning ellik yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 20-sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi, “Yer qaʼri to‘g‘risida”gi,“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

 Shuningdek, “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Shu bilan birga senatorlar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralarini kuchaytirsh, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlarini asossiz tekshiruvlardan ximoyalash, xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish, davlat mulkini boshqarish sohasini hamda davlat xaridlari tizimini yana-da takomillashtirish bilan bog‘liq yana bir qator qonunlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza ham ko‘rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92013 | Инструменты