Oyning birinchi o‘n kunligida havo kunduzi 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isishi mumkin. Respublikaning janubiy hududlarida eng issiq kunlarda 38-40 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli mavjud
Joriy yilning sentyabr oyida ob-havoning nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha havo haroratining iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Oyning birinchi o‘n kunligida havo asosan kam bulutli bo‘lib, qulay harorat fonida quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Kechasi va erta tongda harorat 15-20 daraja bo‘lib, yoqimli salqinlik seziladi. Kunduz kunlari havo 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isishi mumkin. Respublikaning janubiy hududlarida eng issiq kunlarda havo harorati 38-40 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.
"Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida nisbatan barqaror harorat foni shakllanishi kutilmoqda. Bu davrda havo harorati kechalari asosan 10-15 daraja, kunduz kunlari esa 25-30 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, ayrim qisqa muddatlarda havo haroratining ham yuqorilash, ham pasayish tomonga o‘zgarib turishi ehtimoldan xoli emas",- deyiladi o'zgidromet axborotida.
Oyning ayrim kunlarida, ya’ni oy davomida 1-3 kun biroz jadallikdagi yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan kam bo‘lishi, Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida me’yor atrofida kuzatilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan ko‘p yoki me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90311 | Инструменты