Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr — O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha xodimlari va faxriylarini tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi katta xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan e’tirof etamiz”, deyiladi tabrikda.

Davlat rahbari respublikada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganini qayd etdi. Xusuan, Buyuk Britaniyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan o‘tgan yili e’lon qilingan reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston jahonning 121 ta mamlakati orasida eng xavfsiz davlat deb tan olindi.

Tabrikda tizim xodimlarining kasb mahoratini oshirish, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasi ham doimo e’tibor markazida bo‘lib kelayotgani, bu jarayonda, avvalo, olis va chekka hududlarda joylashgan hamda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan tuman va mahallalarda xizmat qilayotgan xodimlar mehnatiga alohida ahamiyat berilib, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitlari yaratilayotgani qay etildi.

“Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga o‘z xizmat burchingiz va muqaddas qasamyodingizga doimo sodiq qolib, Vatanimiz va xalqimizga fidokorona xizmat qilib kelayotganingiz uchun chin dildan tashakkur bildiraman.

Hech shubhasiz, sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingizni munosib rag‘batlantirish kelgusida ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘ladi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur soha xodimlarining xotirasini hurmat va ehtirom bilan yod etib, ularning oilalari va farzandlariga bayram tabrigimiz va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz”, deyiladi tabrikda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты