Sherzod Kudbiyev Fiskal instituti rektori bo'ldi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Davlyatovich Kudbiyevga Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda qo'mita axborot xizmati xabar qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sherzod Kudbiyev 2020-yil may oyi o'rtalaridan Davlat soliq qo'mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Sherzod Kudbiyev 1981-yil 12-aprelda tug'ilgan. 2003-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan (mutaxassisligi — moliya va kredit). 2015−2016 yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2016-2018-yillarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 2018-2019-yillarda Mehnat vaziri sifatida faoliyat ko'rsatgan. 2019-2020-yillarda Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10609 | Инструменты