Huawei 1
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasini amalga oshirishga oid xalqaro shartnoma tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-247-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Xitoy Hukumati, Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Hukumati o'rtasida “Xitoy – Qirg'iziston –O'zbekiston” temir yo'li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты