Huawei 1
Shoshilinch tibbiy yordam markazida 2 yoshli qiz qornidan 135 ta magnit sharcha olindi

Bolalarni nazoratsiz qoldirish yomon oqibatlarga va hatto ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. Endigina 2 yoshni qarshilayotgan farg‘onalik Samira Toirjonavada xuddi shunday holat kuzatildi.

Maʼlum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.

Ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qiladi. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.

Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib oladi, ammo aksariyati ichkarida qolayotgandi...

Vaziyat tezkor choralar ko‘rishni taqozo etardi. Shu bois ota-ona bolani Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib keladi. Bu yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgach, jarrohlik amaliyoti boshlab yuboriladi.

Shifokorlar saʼy-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olindi.

To‘rt yarim soat davom etgan ushbu murakkab operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim O‘rmonov, Dilmurod Sabirov kabi tajribali mutaxassislari amalga oshirdi. 

Ayni chog‘da u shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11114 | Инструменты