Huawei 1
"Sirdaryo" daryosida oqib ketayotgan 8 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi

Bugun, 27-iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida tuman FV boʻlimi xodimlari "Sirdaryo" daryosida oqib ketayotgan bolani qutqarib qolishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, xodimlar hududda profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda "Chigʻanoq" mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi "Sirdaryo" daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini koʻrib qolgan va darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboyev suvga sho‘ng‘ib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.

Hozirda bolakayning holati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.

Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

"Hurmatli fuqarolar farzandlaringizni kanal va tezoqar daryo oʻzanlari hamda taʼqiqlangan suv xavzalarida choʻmilishlariga yoʻl qoʻymang", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52510 | Инструменты