Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.” MCHJ mas’ul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112019 | Инструменты