Huawei 2
Sirdaryoda bedarak yo‘qolgan homilador ayol Toshkentdan topildi

Avvalroq, Sirdaryoda bedarak yo'qolgan 7 oylik homlasi bor 26 yoshli ayol qidirilayotgani, uni topishda ko'maklashganlarga 10 mln so'm mukofot puli berilishi haqida xabar qililgandi. Sirdaryo IIB axborot xizmati ayol topilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Sardoba tumani, “Otayurt” mahallasida yashovchi ayol Sarvara Qarshiboyeva (1996-yilda tug‘ilgan) 10-iyun kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolgan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahridan topilib, yaqinlariga sog‘-salomat topshirildi. 

Ayolning topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 million so‘m bilan mukofotlanishi va’da qilingan edi.  

“Qidiruvda ko‘mak bergan, befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarimizga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi IIB xabarida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62803 | Инструменты