Huawei 1
Sirdaryoda brilliant toshlar o‘rnatilgan 6 kgdan ortiq taqinchoqlarni olib kirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Sirdaryo viloyati “Malik” chegara o‘tkazish punktida yirik miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Unga ko‘ra, bojxona punkti orqali harakatlanayotgan fuqarolardan biri xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari orasidan oyoqlarining yuqori qismiga 19 dona o‘ram yashirganligi aniqlandi.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida ularning ichida 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishda yonidagi 14 yoshli nevarasidan ham foydalanishga uringan. Voyaga yetmagan ushbu shaxs ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram berkitilgan bo‘lib, ushbu o‘ramlarda 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi maʼlum bo‘ldi.

Bojxona nazoratidan yashirilgan jami 922 dona tilladan yasalgan brilliant toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 6,7 kg dan oshiqroq bo‘lib, umumiy qiymati 5,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110515 | Инструменты