Sirdaryoda fuqarolarning birida Sibir yarasi (kuydirgi) kasalligi aniqlanganligi rad etildi
Sirdaryoda fuqarolarning birida Sibir yarasi (kuydirgi) kasalligi aniqlandi. Shu sababli hududda qora mollarga karantin e'lon qilinganligi to'g'risida xabar bergan edik. Lekin bu ma'lumotlar rad etilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat ilmiy markazi direktori Bahriddin Tongyoriqov quyidagilarni ma’lum qildi.
"Ta’kidlash kerak, Sardoba tumani “Zomin” mahalla fuqarolar yig‘ini, Havotog‘ qishlog‘idagi jami 35 ta xonadonda parvarishlanayotgan qishloq xo‘jaligi hayvonlari 2022 yil reja grafigi asosida fevral oyi boshida (jami 241 bosh yirik, 231 bosh mayda shoxli hayvonlar) kuydirgi kasalligiga qarshi to‘liq profilaktik emlangan.
Holatni o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan shtab mutaxassislari tomonidan qoramol so‘yilgan joydan olingan tuproq namunalari va so‘yilgan qoramolning kala-pochasi hamda teri qoldiqlari bakteriologiya, parazitologiya va mikrobiologiya laboratoriyasida to‘liq analiz qilindi.
Olingan beshta tuproq namunasi 5 kun davomida bakteriologik tekshirilganda kuydirgi kasalligiga xos koloniyalar o‘smadi. Ikki bosh sichqonga biosinov qo‘yilib, o‘n kun kuzatildi. Sichqonlarda nojo‘ya o‘zgarishlar yuz bermadi. Ular yorib ko‘rilib, ichki organlari mikroskopik va bakteriologik usullarda tekshirilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmadi",- deya ta'kidlamoqda mutaxassis.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты