Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

2024-yil 28-iyun kuni soat 12:30 larda, Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 83-kmda, Termiz-Toshkent yoʻnalishida, "Isuzu" rusumli yuk avtomobili shu yoʻnalishda yoʻlning oʻng tomon qismida yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtab turgan 14 nafar yo'lovchisi bo'lgan "Isuzu" rusumli yoʻlovchi tashuvchi avtobusni orqa qismidan urib yuborishi natijasida  yoʻl transport xodisasi sodir etilgan.

Oqibatda "Isuzu" rusumli yoʻlovchi tashuvchi avtobus salonida boʻlgan 1 nafar yoʻlovchi jarohat olib Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70403 | Инструменты