Huawei 1
Sirdaryodagi klinika 2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tibbiyot klinikasi ko‘p miqdordagi elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

S.J. MCHJga qarashli klinikaning elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir ko‘rsatilishi oqibatida 2,1 milliard so‘mlik zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

BP tadbirkorlardan energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishni so‘radi va reyd tadbirlari davom etayotganidan ogohlantirdi.

«Energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41707 | Инструменты