Huawei 1
Sodiq Safoyev: Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi Oʻzbekistonni dunyoga ochiqligini koʻrsatadi

Toshkentda 300 dan ziyod xorijiy ekspertlar ishtirokida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi boʻlib oʻtmoqda. 

Chet ellik jurnalist, teleboshlovchi va tok-shou boshlovchisi Ali Aslan moderatorlik qilgan tadbirning rasmiy ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev nutq soʻzlab, saylov qonunchiligidagi yangiliklar xususida maʼlumot berdi.

Sodiq Safoyev, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berib, bugungi yuqori darajagi tadbirning maqsadi, unda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar eʼtirofi va haftalik yakunlari boʻyicha fikrlarini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101817 | Инструменты