Huawei 1
Boshqaruv Raisi bankning futbol jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tashabbusi bilan tijorat banklari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Ushbu o‘yinlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi muvaffaqqiyatli ishtirok etib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun, 18-oktabr kuni “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi S. Normuxammedov jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Final bosqichiga qadar qiziqarli va chiroyli taktikaga boy o‘yinlar ko‘rsatib, finalga yetib kelganliklari bilan samimiy qutladi. Qolaversa, bunday g‘alaba moliya muassasasi tarixida ilk bor qayd etilayotganligini e’tirof etib, final bosqichi o‘yinlaridagi ishtirokiga ham omad tiladi.
 

– Albatta, bu g‘alaba sizning mehnatingiz, iroda va yakdilligingiz mevasidir. Bankimizning 30 yilligiga munosib tuhfa qildinglar. Umid qilamanki, ertangi eng mas’uliyatli o‘yinda ham bankimiz sha’nini munosib himoya qilib, barcha futbol ixlosmandlarini xushnud qilasiz, – dedi Bank Boshqaruvi Raisi S.Normuxammedov.

Ertaga, 19-oktabr kuni ushbu bellashuvlarning final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda “Trastbank” jamoasi a’zolari “Milliy bank” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shu o‘rinda, bankimizning serg‘ayrat o‘g‘lonlariga zafarlar tilab qolamiz.

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101819 | Инструменты