Huawei 1
Nikaragua bilan turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Nikaragua Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silva xonim bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi

Vazir o‘z nutqida elchi xonim Garsiya Silvani elchi sifatida yangi lavozimiga tayinlangani bilan qutlab, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shadigan faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot jarayonida tomonlar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. 

Ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasida keng qamrovli hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Xususan, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu sohalarda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish taklif etildi.

Shuningdek, uchrashuvda turizm va qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etishi, bu yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy almashuvlar yo‘lga qo‘yilishi kerakligi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston va Nikaragua bu sohalarda o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or metodikalarni joriy etish hamda qo‘shma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik kelgusida ikki davlatning turizm salohiyati va qishloq xo‘jaligidagi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishlarini bildirdilar. Bu uchrashuv ikki davlatning strategik hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qadamlarini yangi bosqichga ko‘tarishi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101819 | Инструменты