O‘zbekistonda 18-oktyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi rekord darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bir gramm oltin hozirda 1 million 148 ming 740 so‘mga baholanmoqda. Besh grammlik oltin quymaning narxi 5 million 744 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Oldingi narx rekordi uch hafta oldin qayd etilgandi. Oltin quymalar narxi ketma-ket besh kun ko‘tarilgandi. So‘ng qimmatbaho metall narxi bir muncha pastladi. Yil boshidan beri oltin narxi 35,5 foizga oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10221 | Инструменты