2024-yil 1-dekabr holatiga soliq organlarida 587 340 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 423,3 ming ijara shartnomasi asosida 455,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 17,2 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 16,3 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 163,9 ming ijara shartnomasi asosida 245,6 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,4 % va hisoblangan soliq summasi 17,6 %ga oshgan.
Talabalar bilan 112,4 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 143 080 nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 58,2 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122600 | Инструменты