Huawei 1
Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi

"Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:

- yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;

- ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lab berish;

- ipoteka kreditlari va ular bo'yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.

Shuningdek:

- kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq to'lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;

- yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo'yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32808 | Инструменты