Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Jalolovga uy sovg‘a qildi
Surxondaryo viloyati hokimligida Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ikki karra jahon chempioni, “Tokio-2020” olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolovning ikkinchi marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritgani bilan muborakbod etib, munosib taqdirladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20611 | Инструменты