Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Termiz tumanidagi korxonalardan birida salkam 750 ming quti sigaretlar maxsus uskunalarda maydalab, parchalash yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Barchaning ko‘z o‘ngida yo‘q qilingan 749 900 quti sigaretlar muqaddam viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh fuqarolar tomonidan oldindan til biriktirgan holda O‘zbekiston hududiga bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib kirilayotgan vaqtda aniqlangan edi.
Faqatgina shu emas - qiymati 10,2 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi mazkur sigaretlar xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublika hududiga olib kirilgan vaqtda allaqachon ularning yaroqlilik muddati ham o‘tib ketgan ekan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudining hukmi bilan mazkur holatda aybdor deb topilgan shaxs 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan sigaretlarning esa yo‘q qilinishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122522 | Инструменты