Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi tibbiy davolash muassasasida bemorga jismoniy kuch ishlatgani bilan bog‘liq tarqalgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Surxondaryo IIB munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 6-may kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani "Shaffof" mahallasida yashovchi S. J. tuman IIBga murojaat qilib, shu kuni tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro U. P. mast holda yashash uyiga kelib uning tinchligini buzayotganligi haqida bergan xabariga asosan profilaktika inspektori borgan vaqtda U.P. voqea joyidan qochib ketgan.
So‘ngra, profilaktika inspektori uni topib, tuman Tibbiyot birlashmasidagi vaqtinchalik mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib borib joylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha manfaatdor shaxslarga tergov organi tomonidan qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты