Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani "Navro‘z" mahallasi raisining tumanning bayram tadbirida o‘qituvchilarni behurmat qilgani aytilayotgan video tarqaldi.
Unda "Navro‘z mahalla raisi Abdulla o‘g‘li Ulug‘bek mas holatda bayramga tashrif buyurib, o‘qituvchilarni urib, ularni behurmat qildi. Prezidentimiz o‘qituvchilarni ko‘kga ko‘tarsa bular teskarisini qilmoqda. Shunday insonlar mahalla raisi bo‘lishiga munosibmikan. Eng qizig‘i shu ustozlar qo‘lida ta’lim olgan",-deya izoh yozilgan.
Viloyat hokimligining xabariga ko'ra, ushbu holat hokimning shaxsan nazoratiga olinib, o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilgan.
Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari to‘g‘risida batafsil axborot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты