Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” mahallasi hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug'dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug'dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты