Huawei 1
Surxondaryodagi Togʻli Vochax qishlogʻiga ilk bor elektr toki yetib bormoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani markazidan 70 kilometr uzoqlikda, togʻlar yonbagʻrida joylashgan Vochax qishlogʻidagi 21 xonadonda 120 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu qishloqqa shu paytgacha elektr toki umuman yetib bormagan edi.

Ammo tez orada bu xonadonlarda ham elektr chirogʻi porlab, odamlar qalbiga yorugʻlik olib kiradi. Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida mazkur asriy muammo bartaraf etilmoqda. Ayni paytda hududga elektr olib kelish uchun 100 dona  maxsus temir ustun, 18 kilometr havo tarmogʻi, 160 kVA quvvatga ega transformator punkti ajratildi.

Hozirgi vaqtda togʻli hududlarda ishlashga moʻljallangan maxsus texnikalar yordamida temir ustunlarni oʻrnatilib, havo elektr uzatish tarmoqlari tortilyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты